Lissabonning "Sporting" klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
Portugaliya klubi sensasion tarzda “shaharliklar”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
"Men bundan yaxshiroq o‘yin haqida o‘ylay olmadim. Bu uchrashuvda avval yetishmayotgan omad biz tomonda edi.
Birinchi goldan keyin hammasi rejadagidek bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim boshida kiritilgan ikkita gol hal qiluvchi bo‘ldi. Ular o‘yinning borishini butunlay o‘zgartirib yuborishdi.
Stadiondagi muhitni alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman, bu aql bovar qilmas darajada edi", - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.