"Sporting" bosh murabbiyi Ruben Amorim Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasidagi "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g‘alaba (4:1) haqida fikr bildirdi.
"Hammasi a’lo darajada chiqdi. Birinchi bo‘lim juda og‘ir o‘tdi, biz to‘psiz o‘ynashimiz kerak edi, biz qiynaldik, ammo gol urishimiz bilanoq hammasi yaxshilandi. Stadiondagi muhit ajoyib edi", - deya Amorimning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.