Yurtimizda o‘tayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida finalchilar aniq bo‘ldi. Hozirgina Argentina va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi.
Argentinaliklar bahsning 3-daqiqasidayoq penalti tepish huquqini qo‘lga kiritishdi hamda undan unumli foydalanib, hisobni ochishdi. 5-daqiqada yevropaliklar kuchli zarba bilan muvozanatni tiklashdi. Oradan atigi 2 daqiqa o‘tib janubiy amerikaliklar chiroyli kombinasiya orqali oldinga o‘tib olishdi.
Ikkinchi bo‘limning 5-daqiqasida Fransiya hisobni tenglashtirdi. O‘yin tugashiga uch yarim daqiqa qolganida Argentina dabl-penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi. Arriyeta aniq zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi.
Oradan bir daqiqa o‘tib argentinaliklar to‘rtinchi golni urishlari mumkin edi. Ammo o‘sh darvozaga yo‘llangan zarbadan so‘ng to‘p ustunga tegib qaytdi.
Shu tariqa, Argentina final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoa oltin medal uchun Braziliyaga qarshi maydonga chiqadi. Final va 3-o‘rin uchun o‘yin 6 oktyabr kuni "Humo arena"da o‘tkaziladi.
Futzal bo‘yicha JCH. Yarim final
ARGENTINA - FRANSIYA - 3:2
Gollar: Kevin Arriyeta (3-penalti, 37-dabl penalti), Klaudinyo (8) — Mamadu Ture (6), Nikolas Menendes (25)