"Inter"ning germaniyalik himoyachisi Yann-Aurel Bissek tez orada klub bilan shartnomasini uzaytiradi, deb xabar beradi Sky Sport.
23 yoshli himoyachi 2029 yilgacha yaxshilangan shartnoma imzolaydi. Klub germaniyalik futbolchining rivojlanishidan mamnun va Yulian Nagelsmann futbolchini Germaniya terma jamoasiga chaqirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Yann-Aurel Bissek joriy mavsumda 10 ta o‘yin o‘tkazdi.