"Manchester Siti" futbolchisi Bernardu Silva "Sporting" bilan Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-tur uchrashuvi arafasida raqib va uning ustozi Ruben Amorim haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Amorim kelguniga qadar "Sporting" deyarli 20 yildan beri chempionlikni qo‘lga kiritmagandi.
"Sporting"ni faqat maqtashim mumkin, chunki ular Portugaliya chempionatida ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Amorimning "Manchester Yunayted"ga o‘tishiga kelsak, men unga yaxshilik tilamayman. Ammo u so‘nggi bir necha yil davomida qilgan ishlari tufayli dunyoning eng yaxshi klublaridan birida ishlashga loyiqdir", - dedi Silva matbuot anjumanida.
Amorim 11 noyabrdan "qizil iblislar" bilan ishlashni boshlaydi. 39 yoshli mutaxassisning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.