"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya premyer-ligasida jamoalarning o‘rtacha saviyasi sezilarli darajada oshganini tan oldi.
Oxirgi turda «shaharliklar» «Bornmut»ga (1:2) mag‘lub bo‘lishdi - bu o‘tgan yilning dekabr oyidan beri chempionatdagi ilk mag‘lubiyatdir.
"O‘rtamiyona jamoalarning saviyasi aql bovar qilmas darajada oshdi. Top jamoalar har doim kuchli bo‘lgan: "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Manchester Siti", "Liverpul", "Arsenal", so‘nggi yillarda "Nyukasl" va "Tottenxem"ni ko‘rish mumkin.
Ammo “Fulxem”, “Brentford”, “Bornmut”ga qaraganingizdan so‘ng yana fikrlar o‘zgaradi. Kechirasiz, ko‘pchilik jamoalar yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatayapti, degan bo‘lardim.
Biz “Vulverxempton” va “Sautgempton”ga qarshi o‘yinlarda ham azob chekdik!", - dedi Gvardiola.