Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Nuri Shaxin "Shturm"ga qarshi o‘yin oldidan jurnalistlar bilan o‘rtoqlashdi.
"So‘nggi yillarda "Shturm" o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi, shuning uchun ertaga bizni qiyin vazifa kutib turibdi.
Jarohatlangan futbolchilar? Aytishim mumkinki, Almuguyera Kabar safga qaytmoqda, boshqa hech kim tiklanishga ulgurmaydi deb o‘ylayman.
Feliks Nmechaning o‘yini? Bu maydon markazidagi istalgan pozisiyani qamrab oladigan o‘ziga xos futbolchi.
Albatta, har bir murabbiy o‘z jamoasida shunday o‘yinchi bo‘lishini xohlaydi", - deya Shahinning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Ertaga tunda "Borussiya" "Shturm"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.