"Chelsi" yarim himoyachisi Moyzes Kaysedo "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yindan so‘ng matbuotga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Ekvadorlik futbolchi gol urdi. "Menda gol urish imkoniyati bor edi va men undan foydalandim, bundan juda xursandman.
Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin oldinga o‘tib borayotgandik va hisobni tenglashtirishimiz mumkinligini angladik.
O‘ylaymanki, biz g‘alabaga haqli edik. Albatta, o‘yin qiyin bo‘lishini hamma tushundi va bunga tayyorlanishdi.
Men jamoam uchun juda xursandman, bu shonli jang bo‘ldi", - deya Kaysedoning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.