Futbol bo‘yicha Tojikiston terma jamoasi Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga tayyor.
“Keyingi yilda bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish bo‘yicha rasmiy kelishuv bo‘lgani yo‘q, ammo RFI bilan doimo bu mavzuda aloqada bo‘lib turibmiz.
Bizda yaqin kelajakda uy va mehmonda Rossiyaga qarshi o‘yin o‘tkazish g‘oyasi bor. Jamoamiz istalgan paytda Rossiya bilan o‘ynashga tayyor.
Biroq hamon o‘yinlar sanasi bo‘yicha gaplashganimiz yo‘q. Keyingi yilda ham “FIFA kunlari” ko‘p bo‘ladi, balki o‘sha kunlarning birida biz o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazarmiz. Ha, bu o‘yinni tashkil etilish ehtimoli bor”, — deydi Tojikiston futbol federasiyasi bosh kotibi Furxat Ahmedjanov.
Oktyabr oyidagi FIFA tanaffusida Rossiya terma jamoasi Pokiston termasi bilan o‘ynashi kerak edi, biroq raqib o‘rtoqlik uchrashuvidan bosh tortdi. Natijada Valeriy Karpin shogirdlari yig‘inni o‘yinsiz o‘tkazdi.