Lissabonning "Sporting" klubi hujumchisi Viktor Dyokereshga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, "blaugrana" potensial shartnomaga braziliyalik hujumchi Vitor Rokeni qo‘shish niyatida. Dyokereshning tovon puli 100 million yevroni tashkil qiladi.
Joriy mavsumda skandinaviyalik forvard 16ta o‘yin o‘tkazib, 20ta gol va 4ta golga assistentlik qilgan.
Dyokeresh va "Sporting" o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.