Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, "Barselona" yaqin kunlarda markaziy himoyachisi Ronald Arauxo bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli urugvaylikning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi. Kataloniyaliklar futbolchini kelasi yozda arzonga yo‘qotmaslik maqsadida tezroq u bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.