Italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro yangi klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Sobiq himoyachiga Ispaniyaning ikkinchi kuchli ligasida o‘ynaydigan "Deportivo" qiziqmoqda.
The Athletic nashrining yozishicha, tomonlar hozirdanoq ehtimoliy hamkorlik shartlarini muhokama qilishmoqda. "Ko‘k-oqlar" rahbariyati jahon chempioniga 2026 yoki 2027 yilgacha shartnoma taklif qilishga tayyor.
Fabio Kannavaroning sobiq ish joyi "Udineze" edi. 51 yoshli mutaxassis so‘nggi mavsumda "friulliklar"ni A Seriyadan tushib ketishdan saqlab qoldi va apreldan maygacha bu lavozimni egalladi.