"PSJ" tez orada o‘z yetakchilaridan biri himoyachi Ashraf Hakimiy bilan shartnomani uzaytiradi. Jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, fransuz klubi marokashlik himoyachi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
25 yoshli Hakimiy 2021 yilning iyul oyida 68 million yevro evaziga "Inter"dan "PSJ"ga o‘tgan edi. Ashrafning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fransiya chempionatining joriy mavsumida Hakimiy "PSJ" safida 7 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.