"Milan" bosh murabbiyi Paulu Fonseka jamoasining muvaffaqiyatidan mamnun.
"Biz ko‘p jihatdan taraqqiyotga erishmoqdamiz. Biz avvalgidek osonlikcha to‘p yo‘qotmaymiz. Jamoa o‘yinlarda turli lahzalar bo‘lishini, ba’zida himoyada o‘ynashga to‘g‘ri kelishini tushuna boshladi. Ha, albatta, himoyaviy o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak, "Napoli" bizni xatolarimiz uchun jazoladi, ammo bu jihatda men taraqqiyotni ko‘ryapman. Natija hamma uchun muhim, biroq men o‘yinimizdan mamnunman", - deya Fonseka so‘zlarini keltiradi Fotball Italia.
"Milan" A Seriya turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi, ammo raqiblaridan kamroq o‘yin o‘tkazdi.