"Tvente" muxlislarning irqchilik harakati tufayli jazo oldi.
Yevropa ligasining “Lasio”ga qarshi safar o‘yinida (0:2) Niderlandiya klubi muxlislari tribunadan rimlik 21 yoshli yarim himoyachi Lum Tshaunga nisbatan irqchilikka doir qo‘shiqlarni kuyladi.
"Lasio" ustozi Marko Baroni shu sababdan 89-daqiqada futbolchini almashtirishga majbur bo‘ldi.
UEFA nazorat, intizom va axloqiy organ "Tvente"ga 40 000 yevro miqdorida jarima solishga va uning stadionini keyingi yevrokubok o‘yini uchun qisman yopishga qaror qildi.