Britaniyaning mashhur futbol yangiliklari sayti Goal 21-asrning “Manchester Siti” klubining eng yaxshi 25 nafar futbolchisi reytingini tuzib chiqdi. Ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni hujumkor yarim himoyachi Kevin De Bryuyne egallab turibdi.
Goal talqini bo‘yicha "Manchester Siti"ning eng yaxshi 10 nafar futbolchisi:
Kevin De Bryoyne (Belgiya);
Serxio Aguero (Argentina);
David Silva (Ispaniya);
Vensan Kompani (Belgiya);
Ilkay Gyundogan (Germaniya);
Bernardu Silva (Portugaliya);
Rodri (Ispaniya);
Erling Xoland (Norvegiya);
Filip Foden (Angliya);
Yaya Ture (Kot-d’Ivuar).
De Bryuyne "Manchester Siti"da 2015 yildan buyon o‘ynaydi. Bu davrda u barcha turnirlarda 388 ta uchrashuvda qatnashib, 103 ta gol va 171 ta golli uzatmani amalga oshirgan.