Ronald Kuman "Barselona" boshqaruvidagi muammolarga to‘xtalib o‘tdi. Kataloniyaliklarning sobiq murabbiyi "Barselona" "Atletik" vingeri Niko Uilyamsga qiziqayotganini aytdi. "Men klubning Niko Uilyamsga qiziqishini tushunaman. U ajoyib futbolchi. U har qanday yaxshi jamoaga foydali bo‘ladigan yaxshi qanot himoyachisi. To‘g‘ri, bu mish-mishlarmi yoki klub haqiqatdan ham futbolchi uchun kurashmoqchimi, bilmayman. "Barselona"ning so‘nggi yillardagi muammosi shundaki, ular o‘z klubi afsonalariga yomon munosabatda bo‘lib, ular bilan xayrlashmoqda. Menimcha, avval afsonalar haqida qayg‘urishi kerak, keyin esa transfer bozoridagi futbolchilar uchun kurashishi kerak.