"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta shu hafta Ispaniyada yuz bergan dovul haqida gapirdi.
"Futbol haqida gapirishni boshlashdan oldin, men hozirda yurtimda sodir bo‘layotgan dahshatli ofat haqida gapirmoqchiman. Men jabrlanganlarning barchasiga - barcha oilalar va shaxslarga to‘liq qo‘llab-quvvatlaganimizni va hamdardligimizni bildirmoqchiman.
Shubhasiz, butun mamlakat ushbu qiyin paytda eng yaxshi yechimni topishga harakat qilmoqda. Men hamdardligimni bildirmoqchiman va hammadan ham shunday qilishni so‘rayman, chunki sodir bo‘lgan voqea dahshatli", - deya Arteta so‘zlarini keltirgan "Arsenal" rasmiy sayti.