«Mundo Deportivo» nagrining yozishicha, «El-klasiko» tanaffus payti Xansi Flik «Barselona» futbolchilariga kim bo‘lishidan qat’iy nazar himoya chizig‘ida «hatto bir metr» orqaroqda qolib ketsa, shu zahoti zaxiraga olib tashlashini aytgan.
O‘sha o‘yin kataloniyaliklarning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlangan. Bahs davomida «Real» futbolchilari 12 marta ofsaydda qolib ketgan.