Erik ten Xagning sobiq jamoadoshi Xans Kraay niderlandiyalik mutaxassis "Manchester Yunayted"dan chetlatilgani haqidagi xabarga qanday munosabat bildirganini aytib berdi.
"Men u juda ko‘p pul ishlaganini tushunaman va odamlar bu muammolarni yengishga yordam beradi deb o‘ylashadi. Ammo yo‘q, u butunlay stressga tushib qolgan", - deya Kraayning so‘zlarini keltiradi Mirror.
Angliya Premyer-ligasining 9-turidan o‘rin olgan “Vest Xem”ga qarshi o‘yinda jamoa 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, “Manchester Yunayted”dan Erik ten Xag iste’foga chiqarildi.