Argentina terma jamoasi va “Inter” klubi hujumchisi Lautaro Martines professional faoliyatidagi maqsadlari haqida gapirdi.
"Men har doim aytamanki, kuboklar javoni hech qachon katta bo‘lmaydi va siz har doim zavq bilan yangi sovrinlar uchun joy topishingiz mumkin. To‘g‘ri, men jamoam va klubim bilan ko‘p g‘alaba qozonish baxtiga muyassar bo‘lganman, lekin siz har doim keyingi sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun harakat qilishingiz kerak. Albatta, Italiya chempionatini olib, sardor bo‘lishni xohlayman", - deydi Martines.