"Real", "Inter" va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Uesli Sneyderning fikricha, 2010 yil oxirida "Oltin to‘p"ni unga berishlari kerak edi.
“2010 yilda “Oltin to‘p” berilmagani men uchun o‘g‘irlik. Lekin rostini aytsam, 14 yil o‘tib ham odamlar bu haqda gapirayotganidan xursandman. Va ular menga: "Ues, sening 2010 yildagi g‘alabangni o‘g‘irlashgan", deydi", - deya Sneyderning so‘zlarini keltiradi Football Talk.
Eslatib o‘tamiz, 2009/2010 yilgi mavsumda Sneyder o‘shanda o‘ynagan “Inter” bilan A Seriya, Italiya kubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, Niderlandiya terma jamoasi esa JCH-2010 finaliga chiqqan.