Madridning “Real” klubi turkiyalik yarim himoyachi Arda Gyuler borasida bir qarorga keldi. Bu haqda The Athletic jurnalistlari xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, "qirollik" klubi yarim himoyachini maydonda ko‘proq o‘yin vaqtini o‘tkazishga loyiq deb hisoblamoqda.
"Los Blankos" Gyulerni boshqa klubga qo‘yib yubormoqchi emas. Futbolchining o‘zi ham "Real"da qolib, bu yerda muvaffaqiyatga erishmoqchi.
Avvalroq matbuotda yarim himoyachining "Liverpul"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mersisaydliklar futbolchi uchun 70 million yevro taklif qilishga tayyor ekani aytilmoqda.