Fransiyalik yarim himoyachi Aureliyen Tchuameni "Real"ni tark etishi mumkin, bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi. Manbaga ko‘ra, "qirollik" klubi rahbariyati foydali taklif tushsa, yarim himoyachini sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
24 yoshli Aureliyenning bozor narxi 100 million yevroni tashkil etadi va uning "Los-Blankos" bilan shartnomasi 2028 yilning yozida tugaydi. Joriy Ispaniya chempionatida Tchuameni o‘nta o‘yin o‘tkazib, gol ura olmadi.
“Real” ayni damda La Liga turnir jadvalida “Barselona”dan 6 ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.