Qanot himoyachisi Denzel Dyumfris "Inter" bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashi mumkin, bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.
"Neradzurrilar" vakillari 2028 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladigan yangi shartnoma bo‘yicha taklif tayyorladilar. Tomonlar tez orada muzokaralar stoliga o‘tirishadi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2025 yilda yakuniga yetadi.
Denzel uch yildan beri milanliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.