Paulu Fonsekada «Milan»ning ahvolini yaxshilash uchun uchta o‘yin bor.
Murabbiy «rossonerilar» rahbariyati tomonidan kuchli qo‘llab-quvvatlanmayapti; portugaliyalikning kelajagi ko‘p jihatdan noyabr oyidagi xalqaro tanaffus oldidan bo‘lib o‘tadigan uchta o‘yinga bog‘liq - «Monsa», «Real Madrid» va «Kalyari», deb xabar beradi "Calciomercato".
Manbaga ko‘ra, «Milan» allaqachon Maurisio Sarri, Massimiliano Allegri, Igor Tudor va Edin Terzich bilan variantlarni ko‘rib chiqmoqda, bu murabbiylarning hech biri birinchi raqamli nomzod emas.
9 ta o‘yindan so‘ng «rossonerilar» A Seriyada 8-o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasining 3-turidan keyin «Milan» 25-o‘rinni egallab turibdi.