Markaziy himoyachi Serxio Ramos faoliyatini Yevropadan tashqarida davom ettirishi mumkin.
38 yoshli ispaniyalik o‘tgan mavsum oxirida "Sevilya"ni tark etdi - o‘shandan beri u yangi klub topa olmadi.
Bir necha hafta oldin ma’lum bo‘lishicha, "Real" sobiq sardoriga "Boka Xuniors" qiziqish bildirmoqda.
Endilikda, Relevo xabariga ko‘ra, argentinalik gigant yulduz faxriysi bilan muzokaralarni boshlagan.
"Sevilya"ga qaytishdan oldin Serxio Ramos ikki yil davomida "PSJ" sharafini himoya qilgan. Markaziy himoyachi faoliyatining asosiy qismi "Real"da o‘tgan.