"Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi "Real Madrid" vakillarining "Oltin to‘p"ni topshirish marosimiga bormaslik haqidagi qaroriga izoh berdi.
"Qirollik klubi" mukofot Vinisius Juniorga berilishi kerak deb hisoblagan. "Manchester Siti"dan Rodri g‘olib bo‘lishini bilgan "Real Madrid" tadbirga borishdan bosh tortdi.
"Real Madrid"ning marosimda ishtirok etmasligi? Dani Olmo bilan men u yerga hech qanday mukofot talab qilmasdan bordik.
Biz u yerda bo‘lishni xohladik, bu har qanday futbolchi uchun muhim daqiqa. G‘olib bo‘lmasangiz ham, kuchli o‘ntalik yoki 20 talikka kirish ham yaxshi yutuq", dedi 17 yoshli Kubarsi.