"Fenerbaxche"dagi uzoq yillik faoliyati bilan yodda qolgan turkiyalik sobiq darvozabon Volkan Demirel o‘ziga murabbiy sifatida ish topdi – u Turkiyaning "Bodrumspor" klubi ustoziga aylandi.
Bungacha 43 yoshli mutaxassis ushbu lavozimda joriy yilning may oyida xayrlashgan "Fotih Karagumruk" va "Hatayspor" klublarida ishlagan. Volkan yangi jamoasi bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.