"Milan" hujumchisi Rafael Leau yaqin orada jamoani tark etishi kutilmayapti.
Oxirgi uchta o‘yinning ikkitasida portugaliyalik "rossonerilar"ning asosiy tarkibiga kiritilmadi, shu bois matbuot yana futbolchining ketishi mumkinligi haqida gapira boshladi.
Jurnalist Ekrem Konurning so‘zlariga ko‘ra, "Milan" hali ham Leauni daxlsiz deb hisoblaydi va u qishki transfer oynasida jamoani tark etmasligiga ishonchi komil. Forvardning o‘zi ham loyihaga sodiq va vaziyatni o‘zgartirish niyatida emas.
Rafael Leauga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. 25 yoshli futbolchining qiymati Transfermarkt ekspertlari tomonidan 75 million yevroga baholangan va uning "Milan" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.