"Atletiko Madrid" hujumchisi Xulian Alvares unchalik ishonchli bo‘lmagan startdan keyin ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda.
Payshanba kuni "matraschilar" Ispaniya kubogida "Vik"ni argentinalikning dubli evaziga mag‘lub etishdi - u 81 va 89-daqiqalarda gol urdi.
Shu tariqa, 24 yoshli futbolchi "Atletiko" safida barcha musobaqalarda o‘tkazgan so‘nggi beshta o‘yinida beshta golda ishtirok etdi. Oldinroq forvard "Real Sosyedad" darvozasiga gol urgan (1:1), "Leganes" bilan uchrashuvda (3:1) assistentlik qilgan, shuningdek, "Lill" bilan mag‘lub bo‘lgan Chempionlar ligasi o‘yinida (1:3) gol urgan. Bu davrda "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi faqatgina "Betis" (0:1) bilan o‘yinda o‘zini ko‘rsata olmagandi.
Umuman olganda, Xulian Alvares Diyego Simeone jamoasida 15 o‘yinda 6 ta gol va 1 ta golli uzatmaga ega.