"Manchester Yunayted"ning bo‘lajak bosh murabbiyi Ruben Amorim Lissabonning "Sporting" klubidan birdaniga uch nafar futbolchini yangi klubiga jalb qilishi mumkin.
Portugaliyalik mutaxassis yaqin orada "sherlar"ni "qizil iblislar"ga almashtiradi - klublar kelishuv tafsilotlari bo‘yicha kelishib olishdi. TEAMtalk xabariga ko‘ra, Pedru Gonsalvesh, Gonsalu Inasiu va Markus Edvards Amorim orqasidan "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin. Uchalasi ham 39 yoshli murabbiy boshchiligida Lissabon jamoasida muvaffaqiyatga erishgan.
26 yoshli vinger Gonsalveshning Transfermarkt portalidagi narxi 32 million yevroni tashkil qiladi. Hujum qanotida ham o‘ynaydigan 25 yoshli Edvardsni sayt 18 millionga, 23 yoshli markaziy himoyachi Inasiuni esa 45 millionga baholagan.