"Lasio"ning chap qanot himoyachisi Nunu Tavaresh Yevropaning top-ligalarida eng yaxshi assistentga aylandi.
Payshanba kuni portugaliyalik futbolchi "Komo" bilan o‘yinda (5:1) golli uzatmani amalga oshirdi, shundan so‘ng u ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.
Tavareg hozirda A Seriyada 8 ta golli uzatmaga ega bo‘ldi - bu Yevropaning eng kuchli besh ligasidagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Qizig‘i, 24 yoshli futbolchi reytingda 7 ta golli uzatmaga ega bo‘lgan "Arsenal"dagi sobiq jamoadoshi Bukayo Sakadan oldinda. Har ikki futbolchi sakkiztadan o‘yin o‘tkazdi.
Nunu Tavareshning "Lasio" bilan ijara shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi va shartnomada sotib olish bandi ham mavjud.