"Chelsi"ning sobiq himoyachisi Kalidu Kulibali vatandoshi Nikolas Jeksonga bergan maslahatlarini aytib o‘tdi.
Senegallik forvard 2023/24 yilgi mavsum boshlanishidan oldin "ko‘klar" safiga qo‘shilgandi - bir vaqtning o‘zida uning jamoadoshi Kulibali klubni tark etib, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga o‘tdi.
"Men Jeksonga jamoadoshlariga e’tibor bermaslikni va xudbin bo‘lishni maslahat bermayman, lekin u "Oltin to‘p" haqida o‘ylashi kerak. Agar bu fikrni uning boshiga qo‘ysangiz, u bunga erisha oladi. Men unga har doim buni aytaman", deya Kulibali so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.