Didye Drogbaning fikricha, Tyerri Anri "Oltin to‘p"ga loyiq edi.
- Sizningcha, "Oltin to‘p"ga loyiq bo‘lgan, lekin uni hech qachon qo‘lga kiritmagan futbolchini ayting.
- Tyerri Anri. U, ehtimol, o‘n marta loyiq edi, chunki u nafaqat Premyer-ligada, balki terma jamoada ham ajoyib edi.
Chempionlar ligasida u ajoyib o‘yinchi bo‘lgan, gollar urgan, yakkama-yakka duellarda g‘alaba qozongan. Bu Tyerri Anri. "Boshqa nima deyishni bilmayman", dedi "Chelsi"ning sobiq hujumchisi.
Anri 2003 yilda Pavel Nedved tomonidan qo‘lga kiritilgan "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egalladi. "Arsenal"ning sobiq hujumchisi 2006 yilgi ovoz berishda ham uchinchi o‘rinni egallagan, o‘shanda sovrin Fabio Kannavaroga berilgan edi.