So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin haftalarda "Manchester Yunayted"ni boshqarishi kutilayotgan portugaliyalik murabbiy Ruben Amorim "Manchester Yunayted" vingeri Markus Reshfordning futbol mahoratiga yuqori baho berdi. Bu haqda Team Talk xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis qisqa vaqt ichida angliyalik futbolchining o‘yinini sezilarli darajada yaxshilashga va o‘ziga bo‘lgan ishonchni qozonishiga yordam berishga qodir, deb hisoblamoqda. O‘z navbatida Reshford ham Amorimning klubga kelganidan mamnun.
Avvalroq, angliyalik futbolchi o‘z agentiga "Manchester Yunayted"ni tark etish niyati haqida ma’lum qilgani va undan yangi klub topishni so‘ragani xabar qilingandi.