Ispaniya La ligasining 12-turidan o‘rin olgan “Valensiya” – “Real” uchrashuvi qoldirildi.
Ma’lumot "ko‘rshapalaklar"ning rasmiy saytida joylashtirilgan.
"Valensiya" - "Real Madrid" uchrashuvi mintaqadagi dahshatli suv toshqinlari tufayli qoldirildi. 90 dan ortiq odam halok bo‘lgani xabar qilingan.
Uch kunlik motam e’lon qilindi. Ushbu og‘ir paytda biz qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga, shuningdek, futbolni to‘xtatgan ushbu ofatdan jabrlangan barchaga chuqur hamdardlik va qo‘llab-quvvatlashimizni bildirmoqchimiz", deyiladi "Valensiya" veb-saytida.