"PSJ"ning o‘ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiyga boshqa mamlakatlarning bir qancha nufuzli klublari qiziqish bildirmoqda.
Transfer News Live nashrining xabar berishicha, 25 yoshli Hakimiy “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Real”ning qiziqish doirasiga tushgan.
Qayd etish joiz, Trent Aleksandr-Arnold jamoadan ketgan taqdirda “Liverpul” o‘ng qanot himoyachisi izlashi mumkin.
Mish-mishlar bu futbolchini "Real"ga bog‘laydi. Trent bilan shartnoma imzolanmasa, "Real Madrid"ga Hakimiy kerak bo‘lishi mumkin.