"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri Angliya Liga kubogi doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Birmingem jamoasi 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
"Biz g‘alaba qozonishni xohladik. O‘yin boshlanishi biz xohlagandek o‘tmadi, biroq raqib goliga munosabat bildirdik va bir nechta vaziyatlar yaratdik. Yakunda ular hisobni tenglashtirishdi. Ammo bu yetarli emas edi.
Ikkinchi bo‘limni yaxshi boshladik va ko‘proq gol urishga yaqin edik, ammo “Kristal Pelas” gol urdi. Keyin esa o‘yin biz uchun juda qiyin bo‘ldi", - deydi Emeri.