"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya liga kubogi doirasida "Brayton"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Unda “qizillar” 3:2 hisobida zafar quchdi.
"Bu qiyin edi. Bu yerga kelganingizda g‘alaba shunchaki bo‘lmasligini tushunishingiz kerak. "Chaykalar" o‘ziga xos o‘yin uslubiga ega yaxshi jamoa. So‘nggi yillarda ular faqat yangi o‘yinchilarni taklif qilish orqali kuchayishdi.
Lekin futbolchilarimning o‘yinida ko‘rganlarim menga yoqdi. Ular asosiy o‘yinchilar bilan bir xil uslubda o‘ynashdi, shuning uchun yaqin haftalarda tarkibni shakllantirish men uchun yanada qiyinroq bo‘ladi", - deya Slot so‘zlarini keltiradi "Liverpul" rasmiy sayti.