"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Rud van Nistelroy "Lester" bilan kubok uchrashuvida yarim himoyachi Brunu Fernandeshning dubli haqida fikr bildirdi. Mankunianliklar 5:2 hisobida zafar quchdi.
"Men Brunu haqida tashvishlanmadim. Uning mashg‘ulotlarda qanday ishlashini ko‘raman. Fernandesh o‘z yelkasiga ko‘p narsani oladi. Oxirgi o‘yinda u harakat erkinligiga ega edi. Umid qilamanki, u xuddi shu ruhda davom eta oladi", - deydi mutaxassis.
Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 30 yoshli portugaliyalik to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golga assistentlik qildi.