“Barselona” hujumchisi Ferran Torres kuchli "Dana" to‘fonidan keyin Valensiya aholisiga murojaat qildi.
“Xalqim va vatanim Valensiyaning shunday halokatga uchraganini ko‘rib yuragim eziladi. Bilaman, bu tasalli emas, lekin shu yerdan jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga barcha qo‘llab-quvvatlash va daldalarimni yetkazmoqchiman. Valensiya kuchli bo‘ling", - dedi Torres ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Valensiya provinsiyasida ayni damda dovul tufayli o‘nlab odamlar halok bo‘ldi. Mahalliy hukumat motam e’lon qildi va shu sababli 2 noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan "Valensiya" - "Real Madrid" uchrashuvi qoldirilishi mumkin.