"Napoli" hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya "Milan"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda post joyladi. Neapolliklar safarda 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ushbu uchrashuvda gruziyalik vinger gol urdi.
Bu o‘yin uning "Napoli"dagi 100-uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng Kvarasxeliya "100-uchrashuvni o‘zim xohlagandek nishonlayman" deb yozgan postini e’lon qildi.
Italiya chempionatining bu yilgi mavsumida 23 yoshli yarim himoyachi o‘nta o‘yinda qatnashib, o‘z hisobiga beshta gol urdi