"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta vinger Etan Nvanerining o‘yini haqida fikr bildirdi. 17 yoshli futbolchi Liga kubogi doirasidagi "Preston Nort End"ga qarshi o‘yinda (3:0) maydonga tushdi va 33-daqiqada gol urdi.
"Nvanerining o‘yini? Kechagi mashg‘ulotlarda ham xuddi shunday uddasidan chiqdi, shuning uchun biz bunga ko‘nikishni boshladik. U ajoyib iste’dod egasi, unda to‘g‘ri munosabat, atrofida to‘g‘ri o‘yinchilar va sog‘lom muhit mavjud.
Kelajakda hammasi qanday bo‘lishi faqat unga bog‘liq, lekin hozir men undan juda xursandman. U maydon tashqarisida hamon biroz jim, ammo bu normal holat, chunki u endigina 17 yoshda", dedi Arteta matbuot anjumanida.