Alexandro Garnacho joriy mavsumda 15 o‘yinda 10 ta golda ishtirok etdi.
Bugun "Manchester Yunayted" Angliya liga kubogi doirasida "Lester" bilan o‘ynadi (5:2).
Argentinalik futbolchi 28-daqiqada gol urdi va o‘yinning 15-daqiqasida Kazemironing goliga assistentlik qildi.
Umuman olganda, 20 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda "Manchester Yunayted" safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.