Neymar yaqinda tizzasidan olgan og‘ir jarohatidan forig‘ bo‘ldi va OCHL doirasida “Al-Ayn”ga qarshi o‘ynadi.
Biroq Neymar hali Saudiya Arabistoni chempionatida o‘ynay olmayapti. Goal nashrining yozishicha, Saudiya Arabistoni chempionatida shunday cheklov borki, Neymar jiddiy jarohati sabab mavsumning birinchi qismida o‘ynay olmagani uchun ikkinchi davrani kutishga majbur.
Shu tariqa, «Al-Hilol» Neymar bilan Saudiya Arabistoni chempionatida faqat yanvar oyida bahslarga kirisha oladi.