Gari Nevill Erik ten Xagning "Manchester Yunayted"dagi faoliyatini sarhisob qildi.
Dushanba kuni "Manchester Yunayted" Ten Xagning bosh murabbiylik lavozimini tark etishini e’lon qildi.
"Bu mavsumdagi o‘yin haqiqatan ham yomon bo‘ldi, natijalar hayratlanarli, jadvaldagi o‘rin dahshatli.
Albatta, uning merosi juda qiyin davr bo‘lishiga qaramay, ikki mavsumda ikkita sovrin xolos.
Rostini aytsam, o‘n yil davomida o‘yinchilarni tanlash dahshatli bo‘ldi va uning o‘zi ham bu holat qurboniga aylandi.
Menimcha, u "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yomon transferlardan ikkitasi - Kazemiro va Antoni uchun harakat qildi.
Ular "Brentford" va "Brayton"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin vahima ichida 140 million funt yoki 150 million funt sterlingga sotib olindi.
Umid qilamanki, men adashyapman va Kazemiro yana 4-5 yil davomida klubga yaxshi yordam bera oladi va umid qilamanki, Antoni o‘zini ko‘rsatadi.
Ammo aynan shu transferlar tufayli "Yunayted" transfer bozoriga qaytishga va Ugarte va boshqa futbolchilar bilan shartnoma imzolashga majbur bo‘ldi", – dedi Nevill.