«River Pleyt»ning argentinalik yarim himoyachisi Klaudio Echeverrining kelajagi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning yanvarida «Manchester Siti» 18 yoshli futbolchini «River Pleyt»dan 18,5 million yevroga sotib olgan, biroq uni yanvargacha ijarada saqlab qolgandi.
Insayder Fabrisio Romanoga ma’lum bo‘lishicha, «Manchester Siti» Echeverrini yana ijaraga berish, jumladan, uni «River Pleyt»da saqlab qolish niyatida emas.
Manbaga ko‘ra, Echeverri «Manchester Siti»ning 2025 yildan boshlab uzoq muddatli loyihasining bir qismi sifatida qaralmoqda.