O‘zbekistonlik SSKA vingeri Abbosbek Fayzullayev o‘zini poytaxt klubi yetakchisidek his qilyaptimi, degan savolga javob berdi.
"Bu yerda yaxshi futbolchilar ko‘p. Lekin men ham o‘zimni yetakchi sifatida his qilyapman, chunki men doim jamoaga yordam berishni va uning yetakchisi bo‘lishni xohlayman", - deydi Fayzullayev.
Joriy mavsumda Fayzullayev barcha turnirlarni hisobga olgan holda 16 o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.