Bosh murabbiy Ruben Amorim "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tishi kutilmoqda. Bir kun avval lissabonliklar rasmiy xabarida "qizil iblislar"ning Amorimni 10 million yevroga sotib olish variantini faollashtirish niyati borligini tasdiqlagan edi.
A Bola xabariga ko‘ra, "Sporting" "Manchester Yunayted"dan Amorim murabbiylar shtabi a’zolarini qo‘yib yuborish uchun qo‘shimcha 5 million yevro so‘ramoqda. Bundan tashqari, lissabonliklar Amorimning zudlik bilan "Old Trafford"ga o‘tishi uchun qo‘shimcha haq so‘ramoqda. Rubenning shartnomasiga kiritilgan sotib olish varianti uning "Sporting"da qo‘shimcha 30 kun ishlashda davom etishini ko‘zda tutadi.